Vazirlar Mahkamasining “Qizlar va fertil yoshdagi ayollarga ko‘rsatiladigan akusher-ginekologik va tibbiy yordam xizmatlari samardorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali orqali ma’lum qilindi.
Qarorga muvofiq, qizlar va fertil yoshdagi ayollarga ko‘rsatiladigan tibbiy yordam xizmatlari sifatini oshirish maqsadida Respublika qizlar salomatligi markazi, hududlarda esa qizlar salomatligi markazlari tashkil etiladi.
Respublika markazi, jumladan, qizlarga yuqori malakali ginekologik ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi.
2018-yil 1-avgustga qadar Sog‘liqni saqlash vazirligining “Ishonch telefoni” (1003) tarmog‘i tarkibida respublika hududida kunu-tun faoliyat ko‘rsatuvchi “tezkor aloqa” tarmog‘i tizimi joriy etiladi.
Izoh (0)