Kilauea vulqonining otilishi sababli Gavayi orollarida trevoganing eng yuqori — qizil darajasi e’lon qilindi. Bu haqda AQSh geologiya xizmati (USGS) xabariga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.
Hozirda vulqon kullaridan iborat bulutlar salkam 4 metr balandlikka ko‘tarilgan.
“Istalgan vaqtda vulqon yana portlashi mumkin. Kullar sabab vulqondagi yoriqlar kattalashmoqda”, — deyiladi geologiya xizmatining xabarida.
Gavayi hukumati Kilauea vulqonining otilishi tufayli mahalliy aholini evakuatsiya qilishga qaror qilgan. Hududda 10 ming aholi doimiy yashash joyidan ko‘chirilgan. O‘nlab xonadonlar lava ostida qolgan.
Eslatib o‘tamiz, Gavayi gubernatori Devid Ige Kilauea vulqonining otilishi tufayli hududni tabiiy ofat zonasi deb e’lon qilgan.
Izoh (0)