Turkiya Tashqi ishlar vazirligi Isroilning mamlakatdagi elchisini chaqirib, unga Turkiyadan chiqib ketishni taklif etdi. Bu haqda vazirlikdagi manbasiga asoslanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.
“Isroil elchisiga Turkiyaning Tel-Avivdagi elchisi konsultatsiya uchun chaqirib olingani haqida xabardor qilindi. Shuningdek, Isroil elchisiga o‘z mamlakatiga qaytish taklifi bildirildi”, — deydi Turkiya TIV vakili.
Avvalroq, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Isroilning G‘azo sektoridagi xatti-harakatlari tufayli, Anqara AQSh va Isroildan o‘z elchilarini chaqirib olishini ma’lum qilgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)