Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Isroilning G‘azo sektoridagi xatti-harakatlari tufayli, Anqara AQSh va Isroildan o‘z elchilarini chaqirib olishini ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.ru” Turkiyaning NTV telekanaliga tayanib.
“Biz maslahatlashish uchun Vashington va Tel-Avivdan elchilarimizni chaqirib oldik. Biz Islom hamkorlik tashkilotining favqulodda sammitini chaqiramiz. Shuningdek, BMT Xavfsizlik kengashining shoshilinch majlisini chaqirishni taklif qilamiz. Biz ko‘plab yetakchilar bilan muzokaralar o‘tkazamiz”, — dedi Erdo‘g‘on.
Uning qo‘shimcha qilishicha, 15-maydan Turkiyada “falastinlik qardoshlar”ni qo‘llab-quvvatlash belgisi sifatida uch kunlik milliy motam e’lon qilinadi.
Avvalroq G‘azo sektori hududida falastinliklarning Isroil armiyasi bilan to‘qnashuvi chog‘ida halok bo‘lganlar soni 59 kishi yetgani xabar berilgan edi.
Izoh (0)