G‘azo sektori hududida falastinliklarning Isroil armiyasi bilan to‘qnashuvi chog‘ida halok bo‘lganlar soni 59 kishi yetdi, deb yozadi “Gazeta.ru” Falastin sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib.
Qurbonlar orasida 8 oylik qizaloq ham bor, u gaz hidlash oqibatida halok bo‘lgan.
14-may kuni G‘azo sektorining 15 mingga yaqin aholisi norozilik namoyishiga chiqdi va Isroil chegarasiga qarab yo‘l oldi. Namoyish ishtirokchilari o‘sha yerda isroillik harbiylar bilan to‘qnashdi. Norozilik aksiyasi Quddus shahrida AQSh elchixonasi ochilishi, shuningdek Isroil davlatiga asos solinganiga 70 yil to‘lishi munosabati bilan tashkil etildi.
Izoh (0)