Fransiyaning janubiy hududlarida xavflilikning olovrang darajasi joriy etildi. Bunga mazkur hududlarga yopirilgan kuchli qor bo‘roni sabab bo‘ldi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Bo‘ron Ardesh, Kantal, Yuqori Luara va Lozer hududlariga yopirilgan.
Qor 1000 metrdan baland bo‘lgan hududlarga yog‘moqda. 1300 metr balandlikda 35 santimetr, 1000 metrda esa 10 santimetgacha qor yog‘gan.
Fermerlar uchun bunday qor bo‘ronining oqibatlari og‘ir bo‘lishi mumkin.
Shaharlar ko‘chalariga qor tozalovchi mashinalar chiqqan. Aholidan noqulay ob-havo vaqtida uylarda qolish so‘ralgan.
Izoh (0)