O‘zbekiston tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev boshchiligidagi delegatsiya 14–15-may kunlari Tbilisi shahrida bo‘lib o‘tadigan Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston – Gruziya hukumatlararo komissiyasining sakkizinchi majlisida ishtirok etadi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Majlisda savdo-iqtisodiy, investitsiya, transport, tranzit, turizm sohalaridagi hamkorlikni yanada kengaytirishning amaliy jihatlari va kun tartibidagi boshqa masalalarni muhokama qilish rejalashtirilgan.
Tadbir doirasida biznes-forum o‘tkazish rejalashtirilgan.
Izoh (0)