Prezident Shavkat Mirziyoyev 15—17-may kunlari Amerika Qo‘shma Shtatlariga ilk rasmiy tashrifi bilan boradi. Oq uy veb-saytida bu tashrif tarixiy deb atalgan, deb yozadi Prezident matbuot xizmati rahbari Komil Allamjonov.
“Tashrifni yoritish uchun O‘zbekistondan 80 ga yaqin ommaviy axborot vositalari xodimlari jalb etilgan. Prezident matbuot xizmati bu voqelik haqida batafsil axborot va media materiallar berib boradi”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)