Toshkent shahar Bojxona boshqarmasining “Bosh pochtampt” TIF bojxona postida Niderlandiya davlatidan poytaxtda istiqomat qiluvchi fuqaro nomiga yuborilgan pochta jo‘natmasi bojxonachilar tomonidan nazoratdan o‘tkazilganda, uning ichida deklaratsiyalanmagan to‘q sariq rangli odamcha shaklidagi tabletkalar borligi aniqlangan. Bu haqda Toshkent shahar Bojxona boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Ushbu tabletkalar tegishli tartibda ekspertizadan o‘tkazilganda, ularning sof og‘irligi 140,63 gramm bo‘lgan sintetik giyohvandlik moddasi ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 246-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov organlari tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)