“Tigermobiles.com” sayti va taniqli insayder @OnLeaks internetga tarqalib ketgan CAD-chizmalari asosida iPhone SE 2 smartfoni renderlarini e’lon qildi, deb yozadi Hi-Tech Mail.Ru.
Bir qarashda iPhone SE 2 avvalgi model va “beshliklar”ning to‘liq nusxasi kabi ko‘rinadi. Ammo yuza panelda barmoq izi skanerli Home tugmasi yo‘q, tepaga esa “qosh” tushirilgan. Shuningdek, pastki burchakdan naushniklar uchun 3,5 millimetrlik port g‘oyib bo‘lgan. Ammo bu tasvirlar tarqalib ketgan ma’lumotlar asosida yaratilgan, yakunda barchasi butunlay boshqacha bo‘lishi ham mumkin, deyiladi xabarda.
Izoh (0)