2017-yilning aprelidan buyon AQShdan 26 mingdan ortiq noqonuniy muhojir Kanadaning quruqlikdagi chegarasini kesib o‘tdi. Bu haqda 7-may kuni Global News telekanali ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Kanada jamoat xavfsizligi va fuqarolik himoyasi vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, oxirgi yil mobaynida Amerika—Kanada chegarasini 26 250 kishi noqonuniy kesib o‘tgan, ulardan atigi 243 nafari turli sabablarga ko‘ra deportatsiya qilingan. 200 nafar noqonuniy migrantlar yaqin vaqt ichida Kanadadan chiqarib yuboriladi.
Qolgan muhojirlar bilan Kanada migratsiya xizmati ishlamoqda, ular hozircha vaqtinchalik lagerlarga joylashtirilgan. Kanadaga noqonuniy muhojirlar asosan Kvebek, Ontario va Manitoba provinsiyalari orqali o‘tib, ular dan aksariyati Gaiti va Nigeriya fuqarolaridir.
Izoh (0)