UzPaynet MChJ faoliyati to‘xtatilmaydi, balki Xalq banki tizimida Paynet savdo belgisi ostida ishini davom ettiradi. Bu haqda bank matbuot xizmati xabar berdi.
Bunda faqat UzPaynet MChJ mulkchilik shakli o‘zgargan holda, uning barcha majburiyatlari Xalq banki zimmasiga o‘tkaziladi.
Bank tomonidan Paynet orqali amalga oshirilayotgan to‘lov tizimi yanada takomillashtirilib, yangi zamonaviy xizmat turlari taklif etib boriladi. Xususan, hozirda Paynet mobil ilovasi joriy qilingan bo‘lib, aholidan ko‘plab to‘lovlar qabul qilib kelinmoqda.
Bugungi kunda Paynet shoxobchalari orqali aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar endilikda Xalq banki filiallari, muassasalari hamda Paynet shoxobchalari orqali yanada keng va qulay tarzda amalga oshiriladi.
Izoh (0)