Avval ma’lum qilinganidek, Moliya vazirligi budjet tashkilotlari ish haqlarining to‘lanishi jarayonini o‘z nazorati ostiga oldi. 1-may kuni boshqarma quyi turuvchi moliya organlariga 573,4 milliard so‘m maqsadli mablag‘lar ajratdi. Bu haqda Moliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi, deb yozadi Spot.
Natijada butun respublika bo‘ylab ish haqi o‘z vaqtida va to‘liq to‘lanishi uchun hududiy g‘aznachilik shaxsiy hisoblari yetarlicha mablag‘ bilan ta’minlandi.
5-mart holatiga, to‘lov hujjatlariga muvofiq, aprel oyining ikkinchi yarmi uchun ish haqi to‘lanishi respublika bo‘yicha 96,1 foizni tashkil etdi.
Izoh (0)