Ilon chaqqan hindistonlik ayol tiriklayin go‘ngga ko‘milgandan keyin olamdan o‘tdi. Bu haqda, The Mirror nashriga tayanib, “TASS” xabar berdi.
Uttar-Pradesh viloyatidagi Bulandshahr shahrida yashovchi Devendri ismli ayol shox-shabba terayotgan payti qo‘lini ilon chaqib olgan. U dori qabul qilib, qo‘lini jgut bilan bog‘laganiga qaramasdan, o‘zini yomon his qildi.
Ayol Mukesh ismli turmush o‘rtog‘i bilan birgalikda mahalliy ilon avrovchisiga yordam so‘rab murojaat qilgan. Ilon avrovchi ayolni mol go‘ngiga ko‘mish lozimligi, go‘ng zaharni tortib olishini aytgan. 75 daqiqa go‘ng tagida yotgan Devendri bo‘g‘ilib, hayotdan ko‘z yumgan.
Mukesh voqeaning bunday tugashini kutmaganini, ilonlar avrovchisi xotiniga yordam berolishiga ishonganini aytgan. Devendri va Mukeshning besh farzandi bor.
Ilon avrovchi ayol havo yetishmay bo‘g‘ilib o‘lganini tan oldi. Mahalliy politsiya sodir bo‘lgan voqea xususida hech qanday shikoyat kelib tushmaganini aytgan.
Izoh (0)