Hindistonda ayiq o‘zi bilan selfiga tushmoqchi bo‘lgan taksichini urib o‘ldirdi. Bu haqda Odisha Sun Times nashri xabar berdi.
Prabxu Bxatara mamlakat sharqidagi Orissa shtatidan to‘yga tashrif buyurgan mehmonlarni olib qaytayotganida yo‘l chetidagi yarador ayiqni ko‘rib qolgan. U mashinani to‘xtatib, ayiq bilan selfi tushishga uringan. Biroq ayiq uni ushlab olib, yerga otgan va tirnab tashlangan.
Voqea guvohlari Bxataraga yordam ko‘rsata olmagan. Ulardan biri ayiqqa og‘ir buyum otgan, biroq bu ayiqni battar jahlini chiqargan. Taksi yo‘lovchilari o‘rmonchilarni yordamga chaqirgan, biroq ular yetib kelguniga qadar haydovchi o‘lib bo‘lgan. Ayiqqa nima bo‘lgani esa noma’lum.
Izoh (0)