Iroq markaziy jinoyat sudi sakkiz nafar chet ellik ayolni IShID terrorchilik guruhi faoliyatida ishtirok etgani uchun bir umrlik qamoqqa mahkum etdi, ular orasida o‘zbekistonlik ayol ham bor, deb yozadi Sputnik.
Oliy sud kengashi vakili sudya Abdul Sattor Bayroqdorning so‘zlariga ko‘ra, umrbod qamoqqa hukm qilinganlarning uch nafari Turkiya, yana uch nafari Ozarbayjon, bir nafari Suriya va yana biri O‘zbekistondandir.
Bayroqdorning aniqlik kiritishicha, hukm terrorchilikka qarshi kurash haqidagi qonunning ikkinchi moddasiga muvofiq chiqarilgan.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)