Bosh prokuratura qoshidagi departamentning Toshkent shahar boshqarmasi IIBB bilan birgalikda noqonuniy ravishda valyuta aylanishiga qarshi tadbir o‘tkazdi, deb xabar beradi UzNews.
Shayxontohur tumani boshqarmasi xodimlari 54 million 780 ming so‘m evaziga 6 600 AQSh dollari miqdoridagi valyuta sotilishining oldini oldi.
Chilonzor tumani bo‘linmasi xodimlari esa 20 ming AQSh dollarini 164 million 400 ming so‘mga sotishga uringan to‘rt nafar erkakni ushlashga muvaffaq bo‘ldi. Ushbu tumanda yana bir shu turdagi holat aniqlangan: 9200 AQSh dollarini 74 million 796 ming so‘mga sotishga urinishgan.
Aniqlangan holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh (0)