Baltimorlik (Merilend) Jeyms Ouens sodir etmagan jinoyati uchun umrining 21 yilini qamoqxonada o‘tkazdi. Endi u bu mudhish xato uchun ko‘p millionlik tovon puli olishi mumkin. Bu haqda Daily Mail xabar berdi, deb yozadi ForumDaily.
Hozir 57 yoshda bo‘lgan Jeyms Ouens o‘n yil avval DNK testi uning aybsizligini isbotlagandan so‘ng qamoqxonadan ozod etilgan edi. U va yana bir erkak 1987-yilda 24 yoshli Kollin Uilyarning nomusiga tegish va o‘ldirishda aybdor deb topilgan edi.
Ouens umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan edi, 21 yillik jazoni o‘tagandan so‘ng uning aybsizligi aniqlanib, ozodlikka chiqarilgan.
Endi Baltimor rasmiylari noqonuniy hukm uchun unga to‘qqiz million dollar to‘lashi mumkin.
Izoh (0)