Innovatsiya vazirligi fuqarolarni o‘z sohasidagi muammolar bazasini tashkil etishda qatnashishga chaqirmoqda. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.
“Siz ishlayotgan korxonada, yuritayotgan tadbirkorlik faoliyatingiz doirasida yoki siz xizmat qilayotgan tashkilot, muassasalarda muammolar, uzoq vaqtdan beri yechimini kutayotgan dolzarb masalalar bormi? Anchadan beri sohaga doir innovatsiyalarni kiritmoqchisiz-u, ammo uni amalga oshirish uchun imkoniyatingiz, sharoitingiz yo‘qmi? Yoki ishlab chiqarish, sanoat, qishloq xo‘jaligi, tibbiyot, ta’lim yoki iqtisodimizning istalgan boshqa sohalariga foydasi tegadigan izlanishlarni boshlamoqchisiz-u, ularga qanday kirishishni bilmayapsizmi?
U holda http://bit.ly/muammolar saytiga kirib, qisqagina so‘rovnomani to‘ldiring. Siz kiritgan ma’lumotlar asosida Innovatsion rivojlanish vazirligi maxsus ma’lumotlar bazasini tuzib, muammolarni o‘rganadi, va yaqin kelajakda mavjud muammolarning yechimini topish masalalarini ko‘rib chiqadi. Yangicha yondashuvdan maqsad, o‘z faoliyatida jiddiy muammolarga duch kelayotgan turli soha vakillarining vaqtini tejash, ortiqcha sarf-xarajat va qog‘ozbozlikka yo‘l qo‘ymaslikdir.
Demak, muammolaringizni hal qilish uchun istagan internet brauzerining manzil yoziladigan satriga http://bit.ly/muammolar deb yozing va ro‘yxatdan o‘tish tizimiga o‘xshash sodda so‘rovnomani to‘ldiring”, — deyiladi vazirlik xabarida.
Izoh (0)