• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Beleuli – Buyuk ipak yo‘lidagi betakror esdalik (foto)

    O‘zAda jurnalist Yesimxon Qanoatovning Beleuli karvon saroyining tarixiy ahamiyati haqidagi maqolasi chop etildi. Quyida maqola to‘liq holda e‘tiboringizga havola etiladi.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Bepoyon Ustyurt kengliklarida ming-ming yillardan buyon turli davrlarga oid tarixiy voqealarni va tabiat hodisalarini sukunat saqlab kuzatib kelayotgan arxeologik esdaliklar ko‘p. Shulardan biri Markaziy Osiyoni Quyi Volgabo‘yi va Janubiy-g‘arbiy Yevropa davlatlari bilan tutashtirib kelgan, Buyuk Ipak yo‘lining bir tarmog‘ida joylashgan Beleuli karvon saroyidir.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    “O‘rta asrlarda Orol-Kaspiy oralig‘i, Ustyurt kengligi nafaqat ko‘chmanchi qabilalar joylagan sahro bo‘lgan, balki bu hududdan mintaqaviy aloqadagi ahamiyatga ega karvon yo‘llari ham o‘tgan. Markaziy Ustyurtda XIII-XIV asrlarda shakllangan Buyuk Ipak yo‘lining tarmog‘i Oltin O‘rda Temuriylar davrida rivojlangan savdo yo‘li bo‘ldi”, – deydi tarix fanlari doktori, professor Muhammed Sherip Qidirniyazov.

    Beleuli karvon saroyi ushbu ahamiyatli savdo yo‘lida asrlar bo‘yi tamaddunlar aloqasi uchun xizmat qilib kelgan. Beleuli karvon saroyi Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qo‘ng‘irot tumani Jasliq posyolkasidan shimoliy-sharqda 67 kilometr uzoqlikda joylashgan. Karvon saroy atrofida quduqlar, sardobalar, qurilish toshlari chiqarilgan karyerlar va o‘rta asr, yangi davr qabristonliklari mavjud. Qabristonliklardagi qulfitoshlar, yozuvlar, toshga bitilgan naqshlar yaxshi saqlangan. Mazkur esdalik majmuasi tariximiz haqida bebaho ma’lumotlar beradi.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Olimlarning ta’kidlashicha, o‘rta asr, yangi davr yozma manbalarida Beleuli esdaligi to‘g‘risida ma’lumotlar juda kam. Lekin marokkalik buyuk sayyoh Ibn Battuta o‘zining “Sayohatnoma” (1333-yil) asarida: “Saraychadan Gurganjga tuyaga qo‘shilgan arbalarda kelish mumkin. Ustyurt past tekisligida har ikki yoki uch kunlik masofada qo‘nish joylari mavjud. Ularda quduqlar joylashgan. Quduqlarga yog‘in va qor suvlari yig‘iladi” – deb ma’lumot beradi. Bundan tashqari, italiyalik sovdagor Franchesko Pegelotti 1342-yilda savdo ishlariga bag‘ishlangan “Savdogarlarga amaliy ko‘rsatma” nomli asarida ham ular kelgan savdo karvoni “Saraychadan Ustyurt-Gurganj yo‘nalishida tuya arbalarda 20 kunda yetib bordi” deyiladi. Ustyurt kengligidagi karvon saroylar Ispaniyada tuzilgan “Kataloniya atlasi”, og‘ayinli Pitsiganiler kartasida (XV asr) lotincha atamalarda uchraydi. Keyinchalik bu karvon yo‘li tarmog‘i “No‘g‘ay yo‘li” nomi bilan belgili bo‘lgan.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Beleuli esdalik majmuasida ilk bor 1946—1947-yillarda arxeolog Sergey Tolstov tomonidan arxeologik kuzatuvlar o‘tkazilgan. Esdalikdagi birinchi statsionar qazish ishlarini o‘tgan asrning 80-yillarida nukuslik arxeologlar Yura Manilov, Muxammed Sharip Qidirniyazov, Bazarbay Saypanovlar olib borgan.

    “Qazish natijalari Ibn Battutaning barcha ma’lumotlarini tasdiqladi. Haqiqatdan ham Ustyurt tekisligida Beleuli karvon saroyi qoshida 100 gektardan ortiq maydonda yog‘in suvi yig‘iladigan teran taqirlik, 8 sardoba va 4 quduq mavjudligi aniqlandi”,  – deydi mazkur esdalik majmuada arxeologik amaliyot o‘tkazishda qatnashgan olim Muxammed Qidirniyazov.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Beleuli karvon saroyi 1 metr qalin devorlar bilan o‘ralgan. Devorlar bundan 30 million yil avval hayot surgan Tetis ummonidan qolgan chig‘anoqtoshlardan qurilgan. Karvon saroyga kiraverishda eni 3,8 metrlik darvoza bor. Bir paytlar portal-darvozaning old tomonida Registondagi Sherdor madrasasidagi kabi ikkita sherning rasmi bo‘lgan. Lekin bugungi kunda Beleulining “sherlari” noma’lum yo‘lovchilar tomonidan olib ketilgan, portal-darvozaning yuqori qismidagi arka esa qulab tushgan.

    Beleuli karvon saroyi 19 ta xona, ombor xonalardan iborat. Karvon saroyning tosh devorlarida paleografik yozuvlar, petroglif-rasmlar bor. Ularni shu yerda qo‘ngan yo‘lovchi, sayyoh, savdogarlar yozib qoldirgan. Ularning orasida eski lotin harflarida bitilgan yozuvlar ham bor.

    “Beleuli madaniy-tarixiy, arxeologik majmuasi Orolbo‘yi xalqlarining durdona esdaliklaridan biri. Esdalik majmuasi Markaziy Osiyodagi betakror tarixiy joy. Uni batafsil tadqiq qilish, inshootlarni restavratsiya qilish, ta’mirlash hamda ekoturizm uchun foydalanish kunning dolzarb masalasi”, – deydi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish bo‘yicha mintaqaviy davlat inspeksiyasi boshlig‘i Quanish Sharipov.

    Bugungi kunda o‘rta asrning ajoyib merosi Beleuli karvon saroyi insoniyat mehriga muhtoj. Esdalikni saqlab qolish bo‘yicha shoshilinch choralar ko‘rilmasa, tabiat va odamzot injiqliklari tufayli yana bir bebaho yodgorlik tubanlikka yuz tutishi mumkin.

    02.05.2018, 16:27   Izoh (0)   23231
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ohangaron, Yozyovon, Jarqo‘rg‘on tumani Ichki ishlar bo‘limiga yangi rahbarlar tayinlandi

    02.05.2018, 16:16

    15-maydan O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

    02.05.2018, 16:05

    “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK IL-114-100 samolyotlarining tijoriy ekspluatatsiyasini to‘xtatdi

    02.05.2018, 14:59

    Shavkat Mirziyoyev Namanganga yetib keldi

    02.05.2018, 14:47

    Lizingga avtomobil olib berishni va’da qilib, 100 nafar fuqaroni chuv tushirgan soxta firibgarlar qo‘lga olindi (video)

    02.05.2018, 14:34

    Toshkent shahar IIBB ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Toshkentdagi noqonuniy poygalar” videosiga izoh berdi

    02.05.2018, 13:59
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    Bektemir Residence — oilaviy turmush uchun mo‘ljallangan uy-joy majmuasi


    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi


     ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 


    UCMG Amsterdamda bo‘lib o‘tayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech ko‘rgazmasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 

     

    Tavsiya etamiz

    Sevgi yoxud KGB maxsus operatsiyasi — grek milliarderiga uylangan sovet xizmatchisi

    7 iyun, 16:20

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Slovakiya bosh vaziri O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keladi

    O‘zbekiston | 8 iyun, 09:12

    Toshkentning ayrim ko‘chalari velomarafon sabab vaqtincha yopiladi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 22:52

    Mark-Andre ter Shtegen “Barselona”dan ketishi mumkin

    Sport | 7 iyun, 22:50

    Shavkat Mirziyoyev va Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif bir-birini Qurbon hayiti bilan tabrikladi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 21:19

    Italiya A Seriyasida 2025/26-yilgi mavsum uchun taqvim eʼlon qilindi

    Sport | 7 iyun, 21:17

    Toshkentdan Farg‘onaga giyohvandlik vositasini olib ketayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 21:10

    O‘zbekistonliklar to‘rt oyda turistik maqsadlarda eng ko‘p qaysi davlatlarga chiqayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 20:00

    Qamchiq dovonida yo‘lning bir qismi vaqtincha yopilgan

    O‘zbekiston | 7 iyun, 19:11
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.