1-may kuni “Protoday.uz” sayti Facebook ijtimoiy tarmog‘iga “Toshkentda noqonuniy poygalar yana avj olmoqda. Beli og‘rimay mashina olganlarning qilayotgan ishini ko‘ring!” deya nomlangan videorolikni joylashtirgan. Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati ushbu holatga izoh berdi.
“Xabar.uz” logotipi tushirilgan videoda bir nechta avtoulovning o‘zaro poyga o‘ynab, quvib ketayotgani aks ettirilgan.
“Biz masalaga oydinlik kiritish maqsadida ushbu saytlar ma‘muriyatlari bilan bog‘langanmizda, ular videotasvirning manbasini bilmasliklarini va voqea aynan Toshkent shahrida sodir bo‘lganini tasdiqlay olmasliklarini tan olishdi”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)