Davlat rahbari unga ochiq xat yozib, oilasini uy-joy bilan ta’minlashni so‘ragan 14 yoshli o‘smirga uy sovg‘a qildi. Xatida u onasi bilan ijara uyda yashashga, doimiy ko‘chib yurishga majbur ekanini yozgan. Bugun Xudoybergan Azizovning Facebook’dagi sahifasida xat prezidentga yetib borgani va u oilaga uy hadya qilgani haqida post paydo bo‘ldi, deb xabar beradi “Xabar.uz”.
UzNews’ning Prezident matbuot kotibi Komil Allamjonovga asoslanib yozishicha, bolakay va uning onasiga 5 xonali kvartira topshirilgan.
“Dunyo mo‘jizalar va qahramonlarni yaxshi ko‘radi. Bu haqda Bernard Shou aytgan edi, mening hayotimda haqiqiy mo‘jiza sodir bo‘ldi va Prezident Shavkat Mirziyoyev mening qahramonimga aylandi. To‘g‘ri aytishar ekan, agar nimanidir juda qattiq istasang, bu albatta sodir bo‘ladi deb. Men onamga yordam berishni juda ham xohlagan edim, unga uy olib berishni istardim. Onamning yuzida anchadan beri kulgini ko‘rmagan edim va bu meni juda xafa qilardi”, — deb yozadi Xudoybergan Azizov.
Izoh (0)