Bugungi kunda yiliga 100 ming tonna gilosni xorijga eksport qilayotgan O‘zbekiston ushbu mevani eksport qilish hajmi bo‘yicha jahonda 5-o‘rinda bormoqda, deb xabar beradi “O‘zbekoziqovqatxolding” AJ matbuot xizmati.
“O‘zagroeksport” AJ mutaxassislari bir necha oy mobaynida gilos eksport qiluvchi mamlakatlardagi narxlarni chuqur o‘rgandi, O‘zbekistondagi yirik gilos eksporti bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalar bilan muzokaralar olib bordi.
Ushbu tadbirlar natijasida tomonlar joriy yilda eksport uchun mo‘ljallangan gilosning bir kilogrammi 4 dollar baholanishi kerakligi haqida qaror qabul qildi.
Gilos Uzagro brendi ostida eksportga yo‘naltiriladi.
Izoh (0)