Rossiyaning Moskva shahrida yashovchi ota-ona o‘zlarining bir tuxumli egizaklarini ilk marta jurnalistlarga ko‘rsatdi, deb yozadi Sputnik.
“Ular judayam kichkina edi. Chaqaloqlarning vazni 600 grammdan sal og‘irroq edi. Gap ularning og‘irligida ham emas, ular homiladorlikning 26-haftasida dunyoga keldi. Ma’lumki, bunday bolalarning nafaqat hayotini, balki sog‘lig‘ini ham saqlab qolish juda qiyin”, — deyiladi xabarda.
Bu qizchalarning tug‘ilishi kam uchraydigan holat. Egizaklar uch yil avval Moskvadagi klinikalardan birida dunyoga kelgan.
Izoh (0)