Ozarbayjon muxolifatchi Fathulloh Gulenning FETO tashkilotiga aloqador bo‘lgan Mustafo Jayhonni Turkiyaga topshirdi. Bu haqda Milliyet gazetasiga tayanib, “Interfaks” xabar berdi.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, 2017-yilning aprelida Jayhon Ozarbayjonga tashrif buyurganida qo‘lga olingan. Sud uni Ozarbayjon chegarasini noqoqnuniy tarzda kesib o‘tganligi uchun bir yil qamoq jazosiga mahkum etgan edi. Shundan so‘ng Turkiya Ozarbayjondan Jayhonni o‘z vataniga ekstraditsiya qilishni so‘ragan.
Jayhon Turkiya tomonidan Interpolga qidiruvga ham berilgan edi.
Ta’kidlanishicha, Mustafo Jayhon FETO’ning Batumidagi bo‘linmasiga rahbarlik qilgan. Ozarbayjon huquq-tartibot idoralari uning ekstraditsiyasiga izoh bermadi.
Izoh (0)