Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Janubiy Koreya prezidenti Mu Chje In bilan o‘tkazilgan sammitda Pxungeridagi yadro poligonini may oyida jurnalistlar ishtirokida yopish niyatida ekanligini ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
“KXDR may oyida yadro obyektining yopilish marosimini o‘tkazadi. Xalqaro hamjamiyat uchun shaffoflikni ta’minlash maqsadida KXDRga ekspert va jurnalistlar taklif etiladi”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)