Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida joylashgan Trump Tower binosida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda mahalliy OAVlarga asoslanib, “Interfaks” xabar berdi.
Yong‘in binoning so‘nggi qavatida sodir bo‘lgan. Ayni vaqtda yong‘inni o‘chirishga Ozarbayjon FVVning to‘rtta bo‘linmasi jalb etilgan.
Boku shahridagi Trump Tower binosi Ozarbayjondagi besh eng baland binolardan biri hisoblanadi (130 metr).
Mazkur binoni qurish ishlari 2008-yilda boshlangan bo‘lib, 2015-yilda yakuniga yetgan. 2016-yilda Donald Tramp AQSh prezidenti etib saylangach, bino nomi o‘zgartirilgan.
Izoh (0)