Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Madagaskarning janubi-g‘arbiy sohilidagi xususiy uyda noyob turdagi 10 mingta toshbaqa saqlab kelingan. Ular qo‘shnilarning noxush hiddan shikoyati tufayli topildi, deb yozadi National Geographic.

Foto: National Geographic

Foto: National Geographic

Madagaskar ekologlari 10 mingga yaqin toshbaqani qutqarish operatsiyasini o‘tkazdi. Tabiat qo‘riqchilari 9 888 ta tirik toshbaqani “qamoq”dan olib chiqdi, yana 128 ta o‘lgan toshbaqa topildi. Toshbaqalar oltita yuk mashinasi yordamida olib ketilgan. Ularni yovvoyi tabiatga qo‘yib yuborib bo‘lmaydi: ular aynan yovvoyi tabiatdan brakonyerlar tomonidan tutib olingan.

Karatindan so‘ng ularni turli reabilitatsiya markazlari qabul qiladi. Toshbaqalarning yo‘qolib borayotgan bu turi maxsus qonun bilan qo‘riqlanadi, shunga qaramasdan, ular orol janubidagi ko‘plab restoranlarda noqonuniy sotiladi.

Foto: National Geographic

Foto: National Geographic

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda banan narxi oshib bormoqda. Endi meva iste’moli kamayadimi?
Mahalliy
O‘zbekistonning barcha hududlarida 10-dekabr yog‘ingarchiliksiz o‘tadi
Dunyo
Sovuq urushni boshlagan Cherchill, Chexiyadagi shifoxonada ommaviy qotillik va Chili diktatori Pinochetning o‘limi. Kun xronologiyasida 10-dekabr