Madagaskarning janubi-g‘arbiy sohilidagi xususiy uyda noyob turdagi 10 mingta toshbaqa saqlab kelingan. Ular qo‘shnilarning noxush hiddan shikoyati tufayli topildi, deb yozadi National Geographic.
Madagaskar ekologlari 10 mingga yaqin toshbaqani qutqarish operatsiyasini o‘tkazdi. Tabiat qo‘riqchilari 9 888 ta tirik toshbaqani “qamoq”dan olib chiqdi, yana 128 ta o‘lgan toshbaqa topildi. Toshbaqalar oltita yuk mashinasi yordamida olib ketilgan. Ularni yovvoyi tabiatga qo‘yib yuborib bo‘lmaydi: ular aynan yovvoyi tabiatdan brakonyerlar tomonidan tutib olingan.
Karatindan so‘ng ularni turli reabilitatsiya markazlari qabul qiladi. Toshbaqalarning yo‘qolib borayotgan bu turi maxsus qonun bilan qo‘riqlanadi, shunga qaramasdan, ular orol janubidagi ko‘plab restoranlarda noqonuniy sotiladi.
Izoh (0)