2012-yildan beri Toshkent shahar hokimi lavozimida faoliyat yuritgan Rahmonbek Usmonov o‘z vazifasidan ozod etildi. U Avtomobil transporti agentligi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati manbasi xabar bermoqda.
Ma’lumot uchun, Rahmonbek Usmonov 1960-yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Ma’lumoti oliy. 1982-yil Toshkent Avtomobil yo‘llari institutini tamomlagan.
Izoh (0)