Facebook’dagi “Xalq bilan muloqot” guruhiga Namangan viloyatida Pop tuman markaziy shifoxonasining tug‘uruqqacha yotish bo‘limi tasvirlangan suratlar joylashtirildi.
Guruh a’zosi Lobar Aliyevaning yozishicha, ushbu bo‘limga uning singlisi yotgan.
“Bu joyda mani singlim davolanish uchun yotgan edi. Vrachlarining ham kvalifikatsiyasi past. Bir hafta mobaynida tashxis qo‘ya olishmadi. U yerdagi antisanitariyaga gap topolmayman. Tarakanlar kasallarni ustida yurarkan, kalamushlar bor emush, pollar sinib ketmasin deb uning ustida qo‘rqib qadam tashlashar ekan. Xullas gap ko‘p. Buni nazoratga oladiganlar bormi? Axir kasallar bu yerga davolanishga boradi-ku! Bu yerda davolanish uchun yotgan odam battar kasal bo‘ladi-ku”, — deb yozadi Lobar Aliyeva.
Izoh (0)