Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov O‘zbekistonga Kaspiy qirg‘og‘i port infrastrukturasidan foydalanish imkoniyatlarini o‘rganib chiqishni taklif qildi. Bu haqda u o‘zbekistonlik hamkasbi Shavkat Mirziyoyev bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakuniga ko‘ra jurnalistlarga bergan matbuot anjumanida aytib o‘tdi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.
“Turkmaniston ham Yevropa, ham Yaqin Sharq bozoriga chiqadigan O‘zbekiston – Turkmaniston – Kaspiy dengizi – Janubiy koridor yo‘nalishi bo‘yicha yo‘lak yaratish bo‘yicha qo‘shma ishlarga tayyor”, — qayd qilib o‘tdi Berdimuhamedov.
Turkmaniston yetakchisi Shavkat Mirziyeyovni 2-may kuni Turkmanboshi shahrida xalqaro dengiz portining ochilish marosimida qatnashishga taklif etdi.
Shuningdek, u oldinroq erishilgan kelishuvlar, jumladan, Markaziy Osiyo – Yaqin Sharq tranzit koridorini tashkil etish bo‘yicha ishlarni realizatsiya qilishni yoqlab chiqdi.
Izoh (0)