Rossiyaning Red Wings Airlines aviakompaniyasi O‘zbekistonga qatnovlarni yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda Spot o‘z manbalariga asoslanib xabar berdi.
Bu O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida reyslar sonini oshirish borasidagi ketishuvga ko‘ra amalga oshirilmoqda.
Reyslar dushanba (Farg‘ona), payshanba (Namangan) va juma (Navoiy) kunlari Airbus A321 samolyotlarida amalga oshiriladi.
Chiptalar hozirdanoq sotuvga chiqqan bo‘lib, bir tomonga chipta narxi 9,5 ming rubldan (1,2 million so‘mdan) boshlanadi.
Izoh (0)