Samarqand viloyati perinatal markazi shifokori 300 ming so‘m pulni pora tariqasida olgan vaqti qo‘lga olindi. Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanalining “Tezkor xabarlar” dasturida ma’lum qilindi.
Xabar berishlaricha, u markazda operatsiya qilingan bemorning turmush o‘rtog‘idan 800 ming so‘m so‘ragan. So‘ralgan pulning 300 ming so‘mini olayotgan vaqtida huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan ushlangan.
Xabar berishlaricha, shifokor G‘iyosiddin kichkina Shakarovga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Avvalroq Samarqand shahar 1-tug‘uruq majmuasida jarrohlik amaliyoti uchun bemorlarning yaqinlaridan 150 dollar pora olgan akusher-ginekologlar ushlangani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)