Rossiya prezidenti Vladimir Putin ma’lum harakatlarga, xususan, internetdan foydalanishga taqiq qo‘yish ko‘rinishidagi yangi cheklash chorasini amalga kiritish haqidagi qonunni imzoladi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, bunday chorani sud qaroriga asosan gumonlanuvchi va ayblanuvchilarga nisbatan qo‘llash mumkin.
Sud qaroriga asosan avtomobil boshqarish, telefon qo‘ng‘iroqlarini amalga oshirish kabi ko‘rsatilgan taqiqlar yakka holatda yoki birgalikda qo‘llanilishi mumkin.
Taqiqlarni qo‘llash ehtimoli garov yoki uy qamog‘i kabi choralar belgilanganda ham yuzaga keladi.
Ta’kidlanishicha, taqiq qo‘llanilgan kishi avvalgidek telefondan favqulodda xizmatlarga qo‘ng‘iroq qilish uchun, shuningdek, tergovchi bilan muloqot uchun foydalanishi mumkin. Biroq sud barcha qo‘ng‘iroqlar haqida xabar berishga majburlashi mumkin.
Taqiqqa amal qilish yuzasidan nazoratni elektron braslet yoki boshqa vositalar yordamida Jazoni ijro etish federal xizmati amalga oshiradi. Cheklov muddati jinoyatning og‘irligiga qarab, 12 oydan 36 oygacha bo‘ladi.
Izoh (0)