Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov mamlakat hukumatini iste’foga chiqarish haqidagi farmonga imzo chekdi. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda.
Farmonga muvofiq, bosh vazir Sapar Isakov va hukumat a’zolari yangi hukumat tarkibi shakllantirilguncha o‘z vazifalarini bajarishda davom etadi.
Oldinroq Qirg‘iziston parlamenti deputatlari bosh vazir Sapar Isakov boshchiligidagi hukumatga ishonchsizlik bildirgan, bu qarorni 120 deputatdan 101 nafari qo‘llab-quvvatlagandi.
Qayd etish joizki, Qirg‘iziston parlamenti ilk bor hukumatga ishonchsizlik bildirdi. Bunga hukumatning qator muhim loyihalarni amalga oshirishda yo‘l qo‘ygan xatolari sabab bo‘lgani aytilmoqda.
Izoh (0)