Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In 19-aprel kuni o‘zining KXDR bilan yarashish haqidagi kelishuv o‘rniga tinchlik shartnomasi tuzish rejasi haqida ma’lum qildi. Yarashish haqidagi kelishuv Koreya urushidan keyin 1953-yilda kuchga kirgan. Bu haqda, AFP’ga tayanib, “TASS” xabar berdi.
Prezidentning qayd etishicha, 65 yildan buyon davom etayotgan yarashish yakunlanishi kerak, urushni to‘xtatish haqidagi e’londan keyin tinchlik shartnomasini imzolashga harakat qilish zarur.
Janubiy Koreya prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik boshqarmasi boshlig‘i Chon Iy Yon bir kun avval Janubiy Koreya va AQSh KXDR bilan tinchlik shartnomasi imzolashi mumkinligini ma’lum qilgan. Buning uchun KXDR o‘z yadro dasturidan to‘liq voz kechishi kerak bo‘ladi.
Izoh (0)