AQShda 2001-yil 11-sentabrdagi teraktlarni rejalashtirishda qatnashgan, asli suriyalik bo‘lgan Germaniya fuqarosi Suriyada qo‘lga olindi. Bu haqda AFP kurd qo‘mondoniga tayanib xabar berdi, deb yozadi “TASS”.
“Muhammad Haydar Zammar Suriya shimolida kurd xavfsizlik kuchlari tomonidan qo‘lga olindi, hozir u so‘roq qilinmoqda”, — dedi u.
2001-yil 11-sentabr kuni “Al-Qoida” guruhining 19 terrorchisi AQShda to‘rtta yo‘lovchi samolyotini qo‘lga olgan, ulardan ikkitasini Jahon savdo markazi minoralariga yo‘naltirgan edi. Uchinchi samolyotni terrorchilar Vashington tashqarisidagi Pentagon binosiga qarab uchirgan, to‘rtinchi samolyot ham Amerika poytaxti tomonga yo‘naltirilgan, ammo Pensilvaniya shtatidagi Shanksvill shahri yaqiniga qulagan edi.
Teraktlar natijasida 2977 kishi halok bo‘lgan.
Izoh (0)