Buyuk Britaniya O‘zbekistonda neftgaz sohasidagi investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun 1,25 milliard funt sterling ajratadi. Bu haqda “Podrobno.uz” xabar bermoqda.
Londonda 18-aprel, chorshanba kuni ish boshlagan “O‘zbekiston neftgaz sohasining investitsiyaviy salohiyati” nomli ilk britan-o‘zbek energetika forumida O‘zbekiston tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi va Britaniya eksport agentligi o‘rtasida bu borada tegishli memorandum imzolandi.
Forum ishida Britaniya savdo va eksportni rahbatlantirish vaziri Rona Ferhed, shuningdek, Buyuk Britaniya va Yevroittifoq davlatlari xalqaro moliya institutlari, neftgaz va iqtisodiy sektor vakillari ishtirok etmoqda.
Tomonlar forumni muntazam ravishda nafaqat Londonda, balki Britaniya va Yevropa kompaniyalarini taklif etgan holda O‘zbekistonda ham o‘tkazish haqida kelishib oldi.
Izoh (0)