1–13-aprel kunlari O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligining besh kishilik instruktor-qutqaruvchilari guruhi Belarus Favqulodda vaziyatlar vazirligi Fuqaro muhofazasi universiteti qayta tayyorlash va malaka oshirish institutida “Favqulodda vaziyat hududida avariya-qutqaruv ishlarini olib borish” mavzusida tashkil etilgan o'quv kurslarida malaka oshirib qaytdi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.
O‘quv kurslari Belarus tajribasini o‘rganish, yong‘in qidiruv-qutqaruv texnikalari va anjomlari bilan tanishish, avariya-qutqaruv ishlari kabi amaliy va nazariy dasturlarni o‘z ichiga qamrab oldi.
O‘quv kurslari yakunida tinglovchilarga guvohnomalar va sertifikatlar topshirildi.
Izoh (0)