O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Azim Ahmadxo‘jayev Amazon, Cisco, IBM, Microsoft va Google kabi yirik kompaniyalar O‘zbekistonga e’tibor qaratayotganligini ma’lum qildi, deb yozadi “Spot”.
“Ular uchun mamlakat o‘sishning potensial nuqtasi hisoblanadi, chunki MDH hududida ularga biznes yuritish xarajatlarini qisqartirish imkonini beruvchi ma’lumotlarni qayta ishlash markazi yo‘q. O‘zbekiston mintaqada IT-texnologiyalar markaziga aylanishiga erishishimiz lozim”, — deya ta’kidladi vazir.
Avvalroq Toshkentdagi Inha universiteti va Google IT-mutaxassislarni birgalikda tayyorlashni muhokama qilayotganligi ma’lum qilingan edi.
Izoh (0)