Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Katta yettilik”ga (G7) kiruvchi mamlakatlar Rossiya hukumatini razvedka boshqarmasi sobiq polkovnigi Sergey Skripal va uning qizi Yuliyaning Solsberida zaharlanishi bo‘yicha savollarga javob berishga chaqirdi. Talabnoma “yettilik” tashqi ishlar vazirlari uchrashuvi yakunlari bo‘yicha qabul qilingan bayonotga kiritilgan, deb yozadi “Gazeta.ru”.

Foto: Global Look Press

Foto: Global Look Press

“Birlashgan Qirollik G7 ishtirokchisi bo‘lgan mamlakatlarni batafsil xabardor qildi (Solsberidagi hodisa haqida). Hujum uchun Rossiya javobgar ekanligi haqidagi Buyuk Britaniya nuqtai nazariga qo‘shilamiz. Buyuk Britaniyaning qonuniy savollariga javob berishdan bosh tortib kelayotgan Rossiyani qoralaymiz… Rossiyani Solsberidagi hodisaga daxldor barcha savollarga zudlik bilan javob berishga chaqiramiz”, — deyiladi bayonotda.

Shu jumladan, bayonotni tuzuvchilar Rossiya hukumatidan Britaniya rasmiylari fikricha, Skripal zaharlangan “Novichok” asab-falaj moddasini ishlab chiqarish dasturi haqidagi barcha ma’lumotlarni fosh etishni talab qildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Nukus voqealari bo‘yicha uch nafar huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimi qamoqqa olindi 
Dunyo
G7 davlatlari Xitoy, Shimoliy Koreya va Eronga qarshi sanksiyalar tayyorlamoqda — Bloomberg
Mahalliy
Oʻzbekistonning yanvar oyidagi budjet daromadi ochiqlandi