Abdusalom Shodmonov O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisining kadrlar va rejim masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasidan ozod etildi. Bu haqda UZ24 xabar berdi.
Bunga kompaniya tizimida mazkur shtatning qisqartirilishi sabab bo‘lgani aytilmoqda. Biroq hozircha bu haqda rasmiy ma’lumot berilmadi.
MTRK rasmiy saytida A.Shodmonov rais o‘rinbosarlari ro‘yxatida keltirilmagan.
Izoh (0)