Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘tkazilgan “Oshpazlar musobaqasi”da to‘rtko‘llik mohir oshpazlarning qo‘li baland keldi, deb yozadi O‘zA.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oshpazlar uyushmasi, Savdo-sanoat palatasi hamkorligida umumiy ovqatlanish sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar (korxona oshpazlari) o‘rtasida tashkil qilingan musobaqada shahar va tumanlardan mohir oshpazlar ishtirok etdi.
Komissiya xulosasiga ko‘ra, ikkinchi o‘rin Chimboy, uchinchi o‘rin esa Mo‘ynoq tumanlari oshpazlariga nasib etdi.
Tanlovda bundan tashqari “Eng yosh oshpaz”, “Eng yaxshi salat”, “Eng yaxshi chet el taomi”, “Eng yaxshi namunaviy oshpaz” nomnatsiyalari bo‘yicha ham g‘oliblar aniqlandi va tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.
Izoh (0)