Jizzaxda karmanalik fuqaroni aldab, uning 7 ming dollar pulini ishlatib yuborgan shaxs ushlandi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, gumonlanuvchi — Jizzax shahar Ko‘tarma mahallasida yashovchi 33 yoshli shaxs 2017-yilning sentabr oyida jabrlanuvchi — Navoiy viloyati Karmana tumanidan kelgan 1968-yilda tug‘ilgan fuqaroning ishonchiga kirgan.
Gumonlanuvchi karmanalik fuqaroning qizini Jizzax davlat pedagogika institutiga o‘qishga kiritib qo‘yishini aytib, undan 7 ming dollar pul olgan.
“Gumonlanuvchi bergan va’dasini bajarmay, pullarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgani ma’lum bo‘ldi. Gumonlanuvchi ushlangan”, — deyiladi IIV axborotida.
Avvalroq Mirzacho‘lda pul evaziga Jizzax pedagogika institutiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs qo‘lga olingani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)