Gollandiyaning Frislandiya provinsiyasida mahalliy aholi “musiqiy” yo‘llarni olib tashlashni talab qilmoqda. Mazkur yo‘llarda haydovchilar tezlikni oshirmasligi uchun maxsus yo‘laklar o‘rnatilgan. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
G‘ildirak maxsus yo‘lakchalarni bosadi va tovushlar yuzaga keladi. Agar avtomobil ruxsat etilgan 60 km/soat tezlikda harakatlansa, yo‘l hudud madhiyasini “ijro etadi”.
Yo‘l yaqinida yashovchi aholi kakafoniyadan charchaganini aytmoqda, chunki haydovchilar tez-tez ruxsat etilgan tezlikdan yuqori tezlikda harakatlanadi.
Izoh (0)