Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida 9-aprel kuni tongda Nexia va Damas avtomobillari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda “Daryo” mobil muxbirlari ma’lum qildi.
To‘qnashuv yuz berganidan so‘ng Damas avtomobili yonib ketgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar haqida hozircha axborot yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, 7-aprel kuni Samarqand viloyatining Payariq tumanida Cobalt va Nexia avtomobillari ishtirokida yuz bergan avariya oqibatida sakkiz kishi halok bo‘lgani, yana uch kishi tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)