Buxoroda maktabgacha ta’lim muassasasi mudirasi qizlarini bog‘chaga joylamoqchi bo‘lgan ayoldan 600 ming so‘m talab qildi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi, deya ma’lum qiladi UzNews.
Ikki qizning onasi Buxoro IIB rahbariga tegishli ariza bilan murojaat qildi.
Ko‘rilgan choralar natijasida 81-maktabgacha ta’lim muassasasi mudirasi, Kogon shahrida istiqomat qiluvchi, 1964-yilda tug‘ilgan Sh.A qo‘lga olindi. U murojaat muallifi bo‘lgan ayoldan xizmat xonasida 600 ming so‘m olayotganda ushlandi.
Mazkur ish materiallari Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro viloyat boshqarmasiga yuborildi.
Izoh (0)