AQShdan O‘zbekistonga kattalarda miya saratonini davolashda qo‘llaniluvchi Temodar dorilari keltirildi. Bu haqda Qo‘shma Shtatlarning O‘zbekistondagi elchixonasi ma’lum qildi.
Umumiy qiymati 2,9 million dollar bo‘lgan ushbu dorilar Nyu-Jersi shtatining Keniluors shahrida ishlab chiqarilgan bo‘lib, Merck Sharp & Dohme farmatsayevtika kompaniyasi tomonidan beg‘araz yordam sifatida taqdim etildi. AQShning Project HOPE xalqaro sog‘liqni saqlash tashkiloti ularni O‘zbekistonga bepul yetkazib berilishini ta’minladi.
Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan ushbu dori vositalarini topshirish marosimida AQShning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Pamela Spratlen, Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Yusupaliyev hamda Project HOPE tashkilotining Yevropa va Yevrosiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Mariam Sianozova ishtirok etdi.
Izoh (0)