2018-yilning 7-aprel kuni Buxoro viloyati Peshko‘ tumanida istiqomat qiluvchi 70 yoshni qarshi olgan otaxon Qudratov Muhammad Qulnazarovich O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilish maqsadida velosiped orqali o‘z safarini boshladi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.
Sayohatchi otaxon Buxoro – Samarqand – Toshkent – Namangan – Farg‘ona – Andijon – Termiz – Qarshi – Buxoro yo‘nalishi bo‘yicha sayohatni amalga oshirishni rejalashtirgan. “Mazkur sayohat orqali yurtimizda ichki turizmni rivojlantirishga o‘z hissamni qo‘shmoqchiman”, — deb ta’kidlaydi Muhammad bobo.
Hozirgi kunga qadar otaxon Buxoro – Samarqand yo‘nalishida hamda Buxoro viloyatidagi “Yetti Pir” ziyoratgohlari bo‘ylab velosipedda sayohatni amalga oshirgan.
Muhammad Qudratov sayohatining davomi tizimli ravishda yoritib boriladi.
Izoh (0)